Skrinshot tashlang
MT5 → History ekranini rasmga oling va botga yuboring. Savdolarni o'zimiz o'qiymiz, saqlashdan oldin sizga ko'rsatamiz.
Telefondagi MT5 dan skrinshot tashlang — Sarhisob savdolaringizni o'qiydi va xatolaringiz sizga qanchaga tushayotganini aniq raqamda ko'rsatadi.
Traderlar kundalik yuritishga erinadi — shuning uchun biz yozish qismini butunlay olib tashladik.
MT5 → History ekranini rasmga oling va botga yuboring. Savdolarni o'zimiz o'qiymiz, saqlashdan oldin sizga ko'rsatamiz.
Har savdo ostida tugmalar: reja bo'yicha, FOMO, katta lot, qasos savdo… Izoh yozish shart emas — bitta bosish.
Qaysi xato sizga qancha pul yeyayotgani, qaysi soatda pul ishlashingiz — o'z raqamlaringiz bilan.
Har bir trader "FOMO yomon" deb biladi. Lekin bu bilim o'zining raqamlarida ko'rinmaguncha hech narsani o'zgartirmaydi.
Telefon ichida Sarhisob mini-ilovasi ishlayapti, namunaviy savdolar bilan. Botda xuddi shu ekranni o'z savdolaringiz bilan ko'rasiz.
24 soatlik rang xaritasi — foydali va zararli soatlaringiz o'z vaqtingizda.
Qaysi kuni kuchlisiz, qaysi kuni savdo qilmagan ma'qul.
XAUUSD da pul ishlab, EURUSD da yo'qotyapsizmi? Hammasi bir jadvalda.
Kompyuter kerak emas. Rasm tashlaysiz, qolganini bot qiladi.
MT5 eksperti ulansa, har bir savdo yopilishi bilan o'zi tushadi.
Winrate, profit faktor, ketma-ketliklar — 7, 30 kun yoki butun davr uchun.
Sarhisob savdo qila olmaydi va buning uchun hech qanday ruxsat so'ramaydi.
Yo'q, hozir bepul. Telegramda botni ochib, "Start" ni bosish kifoya.
Kerak emas. Telefondagi MT5 dan History ekranini rasmga olib botga yuborasiz. Kompyuterda MT5 bo'lsa, ekspertni ulab, savdolarni to'liq avtomatik tushirish ham mumkin.
MetaTrader 5 dagi har qanday hisob bilan — demo yoki real, oddiy broker yoki prop-firma. Sarhisob brokerga ulanmaydi, u sizning ekraningizdagi savdolar tarixini o'qiydi.
Saqlashdan oldin bot o'qigan hamma savdoni ro'yxat qilib ko'rsatadi — siz tasdiqlaysiz. Tepadagi menyu ostida yarim ko'rinib qolgan qatorlar taxmin qilinmaydi, tashlab ketiladi. Bitta rasmni ikki marta yuborsangiz, savdolar ikki marta yozilmaydi.
Yo'q. Sarhisob qachon va nima sotib olishni aytmaydi. U — sizning o'z savdolaringizni ko'rsatadigan ko'zgu: o'z qoidalaringizni qayerda buzayotganingizni ko'rasiz.
Botni oching, oxirgi savdolaringiz skrinshotini tashlang va birinchi tahlilni bugun ko'ring.